Bilimlar bellashuvi

Uychi tumanidagi 6 maktabda bolib otdi.

Uslubiy tavsiya

Boshlang`ich sinf  darslari samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish.

Hozirgi kunda zamonaviy maktabning asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarni tarbiyalash hamda jamiyatda o`z o`rnini topishiga ko`maklashish va unga yetarli darajada foyda beradigan bilimlar bilan qurollantirishdan iborat. Bu muammoning hal etishning muhim yo`nalishlaridan biri o`quvchilarning fikrlash va qobilyatlarini o`stirish, ularda bilim olishga qiziqish, mustaqillik va ijodkorlikni rivojlantish, ma`naviyatini shakllantirishni ko`zda tutadigan o`qish metodlari hamda o`quv metodik materialni ishlab chiqish va tadbiq etishdan iborat.

Shu sababli o`quv jarayonining tuzilishi uning metodlari va tashkiliy shakllarini doimo takomillashtirish,  o`quv topshiriqlarni bajarilish usullarida yangi elementlarni kiritib boorish zaruriyati  paydo bo`ladi.

O`quvchilarning faolligini oshirishda metodlarni to`g`ri tanlab bilish faoliyatini oqilona boshqarish  yoirdamida erishiladi.

Dars jarayonida “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Charxpalak”, “Insert”, “Blis  – o`yin”, “So`zdan so`z yasash”, “Zinama – zina” kabi interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligin oshiradi.

Masalan, ona tili darslarida “Zinama –zina” metodining qo`llanishi va samarasi haqida. Bunda bola o`rgangan  ve egallagan bilimlarini mustahkamlashda og`zaki va yozma nutqni o`stirishga, mustaqil fikrl;ash qobilyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

“So`zdan so`z yasash” o`yini.

O`quvchilarning lug`at boyligini oshirishga so`z zahirasini boyitishga yordam beradi. Masalan, o`qish darslari misolida ko`rish mumkin.. Bunda mavzuga oid biron bir so`z yozib qo`yiladi. So`zdagi harflardan foydalangan holda boshqa harf ishlatmasdan o`zgacha ma`noga ega bo`lgan so`zlarni topib yozish taklif qilinadi. 3 – sinfda “Donishmand yigit” ertagidagi Donishmand so`zini olsak. Yangi so`zlar: oan, ish, don, shon, nish, dam, dala, nishon, mashin kabilardek.

Darslarni noan`anaviy tashkil etish, interfaol texnologiyalardan unumli foydalanish har doim dars va o`quvchilarning darsdagi ishtiroki samaradorligini oshiradi. Bunda o`qituvchi o`z ustida ko`p ishlashi, izlanishi zarurdir. Zero, shundagina biz ma`nan yetuk va barkamol avlodni tarbiyalay olamiz. Buyuk kelajakni barpo eta olamiz.

 

 

 

Namangan viloyati uychi tumani XTBga

qarshli 3-sonli umumiy o`rta ta`lim

maktabining boshlang`ich sinf

o`qituvchisi Abd ullayeva Nigora.

WordPress Themes